Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari hibsga olindi
Olam
−
24 aprel
21140Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
“Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi (pora olish) 6-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Vladimirovich Ivanov qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.
Timur Ivanov 2016 yildan beri vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U qo‘shinlarni uy-joy bilan ta’minlash, vazirlik ob’ektlarini qurish va kapital ta’mirlash hamda harbiy ipoteka masalalarini nazorat qilardi. U Qurolli kuchlarning asosiy ibodatxonasini qurish bilan ham shug‘ullangan.
Ivanov AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Kanada sanksiyalari ostida qolgan.
“Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovning hibsga olingani haqida xabar berildi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham oldindan xabardor qilingan”, deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
LiveBarchasi