Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi. Uning muddaosi nima?
Olam
−
27 aprel 2021
54948Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bugun, 27 aprel kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Sergey Shoygu ertaga, 28 aprel kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokara o‘tkazmoqchi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuv Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Tomonlarning muhokamasi uchun kun tartibida bir vaqtning o‘zida bir nechta mavzu: xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, shuningdek Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy hamda harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Shoygu bugun, 27 aprel kuni Tojikistonda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari yig‘ilishida qatnashdi. Shundan so‘ng, Rossiya Mudofaa vaziri O‘zbekistonga uchib kelgan.
LiveBarchasi