Rossiya Mudofaa vaziri Xitoyga bordi

Olam

image

Bugun, 14 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov rasmiy tashrif bilan Pekinga bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Xitoy poytaxtida u mamlakat harbiy va harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi binosi yonida Rossiya delegatsiyasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Faxriy qorovulning rotasi va orkestr ishtirok etdi.

Belousovni Xitoy Mudofaa vaziri admiral Dong Jun kutib oldi. Rossiya Mudofaa vaziri Tyananmen maydonidagi Xalq qahramonlari yodgorligiga ham gulchambar qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pekinga tashrif buyurib, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashgan edi. Avgust oyida Rossiya Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi Li Syanni sentyabr oyida Kremlda qabul qildi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Xitoy Mudofaa vaziri Andrey Belousov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing