Rossiya milliarder Rinat Axmetovning mol-mulkini hibsga oldi

Olam

image

Moskvaning Basmanniy tuman sudi ukrainalik milliarder Rinat Axmetovning “terrorizmni moliyalashtirish” bo‘yicha jinoiy ishi bo‘yicha aktivlarini hibsga oldi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, gap o‘n millionlab rubllar haqida ketmoqda. Pullar Moskvadagi “Metinvest Yevraziya” MCHJning hisobvarag‘idan, “Metinvest”ning savdo tuzilmasidan “Birinchi xalqaro Ukraina banki”ga o‘tkazilgan. Uning asosiy benefitsiari Axmetovdir.

Ish materiallariga ko‘ra, 2022 yilning aprel oyidan buyon Axmetovning SCM Holdings Limited kompaniyasi rahbariyati (bu “Metinvest” kon-metallurgiya guruhini o‘z ichiga oladi) Ukraina armiyasi va “Azov” diviziyasiga homiylik qilib kelgan.

Qayd etilishicha, sud Sevastopol va Belgoroddagi o‘nlab ko‘chmas mulk ob’ektlarini, “Metinvest Yevraziya”ning Rossiyadagi sho‘ba korxonalaridagi ulushlarini, bir nechta avtomobillarni, shuningdek, ishda ishtirok etgan tashkilotlar hisobidagi o‘n millionlab rubllarni hibsga olgan.

“Metinvest Yevraziya” Krasnodardagi Gornyak pansionati va “Belgorodmetallosnab” MCHJga egalik qiladi, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari keskin pasayib ketdi. Shunday qilib, 2022 yil oxirida uning foydasi 74 foizga kamaydi, zarar 1,9 milliard rublni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, Rinat Axmedov 2022 yilda 4,4 milliard dollar boyligi bilan Ukrainaning Forbes reytingida birinchi o‘rinni egallagan. 2021 yilda Axmetov 7,6 milliard dollar kapitali bilan dunyodagi eng boy odamlar orasida 327-o‘rinni egallagan. U 1996 yildan "Shaxtyor Donetsk" futbol klubi prezidenti, "ystem Capital Management" kompaniyasi asoschisi, Ukraina Oliy Radasining deputati hisoblanadi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Rinat Axmetov Metinvest Evraziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing