Rossiya migrantlar ortidan foyda ko‘rishning yangi yo‘lini topdi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasiga mehnat muhojirlari uchun avans solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Migratsiya masalalari to‘g‘risidagi” yangi federal qonun loyihasida belgilangan.

Yangi qonunda qayd etilishicha, ushbu soliqni to‘lash uchun elektron patent rasmiylashtirish talab qilinadi. Mehnat migrantini yollamoqchi bo‘lgan ish beruvchilar shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tib, maxsus shaklni to‘ldirishi va xorijiy ishchi kuchini jalb qiluvchi ish beruvchilar reyestriga (RRPIRS) qo‘shilish uchun arizani elektron shaklda to‘ldirishi kerak bo‘ladi.

Mazkur qonun loyihasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy avans to‘lovi shaklida to‘lanmagan taqdirda, migrantlarga 15 kun ichida soliqni to‘lash haqida xabarnoma jo‘natiladi. Ushbu so‘rov bajarilmasa, chet el fuqarosining Rossiyada ishlashi taqiqlanishi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi hamda ushbu vakolatxonada patentni tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, Rossiya migrantlarga patent berish orqali yiliga bir necha milliard rubl foyda olyapti. 2019 yilda xorijiy fuqarolardan patent uchun soliq ko‘rinishidagi daromaddan byudjetga tushum 18 milliard rubl (292 million dollar)ga yetdi. 2020 yildan chet ellik ishchilar patent uchun oyiga 5350 rubldan to‘laydigan bo‘lgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

546

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing