Rossiya Meta'ni ekstremistik tashkilotlar reyestriga kiritdi

Olam

image

Rossiya hukumati “Meta Platforms Inc” kompaniyasini ekstremistik tashkilotlar reyestriga kiritdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, mamlakatda ekstremistik va nomaqbul xarakterga ega deb e’lon qilingan tashkilotlarning resurslari, shuningdek, bloklangan saytlar va manbalarda reklama joylashtirishni taqiqlovchi qonun loyihasi Davlat Dumasining qonunchilik faoliyati ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, bir guruh deputatlar va senatorlar, jumladan, Andrey Lugovoy, Aleksandr Xinshteyn va Andrey Klishas buni noqonuniy axborot resurslari reklamadan daromad olishda davom etayotgani, provokatsion faoliyat va Rossiya manfaatlariga qarshi harakatlar olib borayotgani bilan izohlagan.

“Masalan, ba’zi rossiyalik foydalanuvchilar internetga kirish cheklovlarini chetlab o‘tish orqali Instagram va Facebook axborot resurslaridan foydalanishda davom etyapmiz. Bu esa noqonuniy axborot resurslari egalariga videolarni tarqatish orqali daromad olish imkoniyatini yaratadi. Reklamaning umumiy daromadiga kelsak, u 50-90 foizni tashkil qilishi mumkin”, deyiladi qonun loyihasining xatida.

Ma’lumot uchun, 2024 yil mart oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolari va kompaniyalariga “xorijiy agentlar” resurslarida – ularning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, bloglari va boshqa platformalarida reklama joylashtirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Qonunchilar taklif etilayotgan yangi taqiqqa ham oldingi qonunning davomi sifatida qaramoqda. Rossiyada Facebook va Instagram'ga kirish 2022 yil martida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay bloklangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Rossiya Instagram Meta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing