Rossiya maktablarida harbiy tayyorgarlik kursi joriy etiladi

Olam

image

Keyingi o‘quv yilidan boshlab rus maktablarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik kursi joriy etiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri Sergey Kravsov ma’lum qildi.

“Keyingi o‘quv yilidan maktablarda bo‘ladi, hozir u 1 yanvargacha tayyorlanmoqda, keyin sinovdan o‘tkaziladi”, deydi vazir.

Qayd etilishicha, Rossiya maktablari uchun boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha maktabdan tashqari modul tayyorlanadi va kelgusi o‘quv yilidan ta’lim dasturlariga kiritiladi.

Mamlakatdagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra, maktabdan tashqari mashg‘ulotlar ta’lim dasturining majburiy qismidir, shuning uchun bunday mashg‘ulotlarga qatnashish kerak.

Avvalroq, bir nechta senatorlar va Davlat Dumasining deputatlari rus maktablariga dastlabki harbiy tayyorgarlikni qaytarish g‘oyasini ilgari surgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing