Rossiya maxsus xizmatlari teraktning oldini olganini e’lon qildi
Olam
−
05 may 2023
11462Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Zaporoje atom elektr stansiyasi rahbarlaridan biriga qarshi uyushtirilgan teraktni bartaraf etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Aytilishicha, xavfsizlik kuchlari portlovchi moslama, qurollar va o‘q-dorilarga ega bo‘lgan guruhni aniqlagan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati mazkur guruhning Ukraina maxsus xizmatlari agentlaridan iborat ekanini da’vo qilmoqda.
“Tayyorgarlik bosqichida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Zaporoje AES rahbarlaridan biriga qarshi uyushtirilgan terrorchilik harakati to‘xtatildi”, deyiladi Federal xavfsizlik xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabarida.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh faoliyatini Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi xodimlari muvofiqlashtirgan. Shuningdek, ular ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ham Finlyandiyada joylashgan vositachi orqali faoliyat olib borgani aytilgan.
Operativ tadbirlar davomida foydalanishga tayyor portlovchi moslama, shuningdek, avtomat o‘qotar qurollar, ular uchun o‘q-dorilar va portlovchi moddalar qo‘lga olingan.
LiveBarchasi