Rossiya ko‘mir bozoridagi ulushini yo‘qotmoqda – “Kommersant”
Olam
−
18 iyun
5221Rossiya logistika xarajatlari oshishi tufayli jahon ko‘mir bozoridagi ulushini yo‘qotmoqda. Bu haqda Narxlar indekslari markaziga tayanib “Kommersant” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Rossiyada ko‘mir global yetkazib berish 17,1 (2021 yil) foizdan bugunga kelib 14,6 foizga pastlagan. Mamlakatning o‘rnini esa Indoneziya eksporti egalladi.
Qayd etilishicha, Indoneziya 2020 yilda 399 million tonna, 2023 yilda esa 521 million tonna ko‘mir eksport qilgan. 2024 yilga kelib ishlab chiqarish kvotalari 29,8 foizga oshgan. Shuningdek, Avstraliya ham eksportini 202 million tonnagacha oshirgan.
Narxlar indekslari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada logistika xarajatlarining oshganligi muammolarning asosiy sababi deb qayd etildi.
Jumladan, joriy yilning aprel oyida Uzoq Sharqdagi portga temiryo‘l orqali ko‘mir yetkazib berish narxining ulushi tannarxdan 50 foizga yuqorilagan, bu holat Turkiyada ham kuzatilgan.
Narxlar indekslari markazi direktori Yevgeniy Grachev jahonning eng yirik talabgorlari tomonidan ishlab chiqarish hajmini oshishi jahonda Rossiya ko‘miriga talabni kamaytirayotganini ta’kidladi.
“Asosiy xaridorlar – Xitoy va Hindiston ichki ko‘mir ishlab chiqarishini ko‘paytirmoqda, bu esa narxlarni yuqori darajada ushlab turishga imkon bermaydi. Misol uchun, Hindiston so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni 997 million tonnagacha oshirdi va 2030 yilga kelib uni 1,4 milliardga yetkazmoqchi.Shuningdek, yil boshida Xitoy Xalq Respublikasining Milliy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi 2027 yilga qadar zaxira ko‘mir qazib olish tizimini yaratish loyihasini tasdiqladi. Agar Xitoy tomoni ko‘mir narxi o‘ta yuqori bo‘lib ketgan yoki tanqislik xavfi bor degan qarorga kelsa, bu quvvatlar tezda bozorni qo‘shimcha ko‘mir bilan ta’minlashi mumkin”, deyiladi xabarda.