Rossiya kuchlari Britaniyaning ikkita raketasini tutib oldi
Olam
−
27 may 2023
18774Bugun, 27 may kuni Rossiya kuchlari Britaniya tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan ikkita uzoq masofali “Storm Shadow” qanotli raketalarini tutib oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining kundalik brifingida e’lon qilindi.
Rossiya tomoni raketalarni zararsizlantirish qayerda amalga oshirilganiga oydinlik kiritmagan. Biroq rasmiy Moskva so‘nggi 24 soat ichida 12 ta dronni urib tushirganini, bundan tashqari, AQSH tomonidan ishlab chiqarilgan qisqa masofali HIMARS va HARM raketalari tutib olganini ma’lum qilgan.
G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollar faqat Ukraina ichidagi Rossiya kuchlariga qarshi qo‘llanilishini aytgan Kiyev rasmiylari vaziyatga hali izoh bermagan.
“Reuters” agentligi esa bugun, 27 may kuni Rossiyaning ichkarisida dron hujumi qayd etilganini yozgan. U neft quvurlari va inshootlariga zarba bergan. Ukraina Rossiya ichidagi nishonlarga qarshi hujum uyushtirganini ochiq tan olmagan. Biroq Moskva azaldan bunday hujumlar uchun Kiyevni ayblab keladi.
LiveBarchasi