Rossiya Krivoy Rogga ballistik raketa bilan hujum qildi
Olam
−
12 avgust 2023
11040Bugun, 12 avgust kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Krivoy Rog shahriga ballistik raketa bilan hujum qildi. Bu haqda Dnepropetrovsk rahbari Sergey Lisak ma’lum qildi.
“Krivoy Rogga raketa hujumi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ballistika. Asosiysi, qurbonlar yo‘q. Hozir barcha tafsilotlar aniqlanmoqda”, deb yozgan Lisak o‘zining Telegram'dagi kanalida.
Krivoy Rog mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Vilkul esa shaharda portlash bo‘lganini tasdiqlab, mahalliy aholini fotosurat va videoga olmaslikka, kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylamaslikka chaqirgan. Shunga qaramasdan, ayni paytda portlash sodir bo‘lgan joylardagi tutun bulutlari suratlari allaqachon Ukraina OAV tomonidan e’lon qilinmoqda.
Hozirda mamlakatning yetti viloyatida, jumladan Dnepropetrovsk viloyatida havo ogohlantirishi e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 avgustga o‘tar kechasi Kiyevga, 8 avgustda Pokrovskka, 9 avgustda Zaporoje shahriga havo hujumi uyushtirilgandi. Kecha, 11 avgust kuni esa Rossiya Ukrainaga “Kinjal” raketalari bilan hujum qildi.
LiveBarchasi