Rossiya koronavirusning avj nuqtasidan o‘tdi – Putin
Olam
−
27 may 2020
7792Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus tarqalishining avj cho‘qqisidan o‘tilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Putin Rossiya yordam takliflarini olishda davom etayotganini ta’kidladi. Xitoy, AQSH, Italiya kabi bir qancha davlatlar Rossiyaga yordamlarini taklif qilishmoqda.
“To‘g‘ri, biz allaqachon epidemiyaning yuqori cho‘qqisidan o‘tdik. Ciz qilgan barcha ishlar butun dunyodagi sheriklarimiz bilan o‘zaro munosabatlarimizning yangi bosqichga olib chiqadi“, deydi Rossiya rahbari.
Avvalroq, Putin rossiyaliklarni koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirgan edi. Shuningdek, Prezident pandemiya tufayli qoldirilgan harbiy parad o‘tkazilishi kunini ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusning 362 342 holati aniqlangan, 131 129 kishi sog‘ayib, 3 807 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi