Rossiya Konstantinovka markaziga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Donetsk viloyatidagi Konstantinovka markaziga zarba bergani tasvirlangan videoni e’lon qildi.

“Hozirgi vaqtda rossiyalik terrorchilar artilleriyasi Donetsk viloyatining Konstantinovka shahrida 16 kishini o‘ldirgan. Aholi savdo qiladigan joylar, do‘konlar, dorixonalar vayron bo‘ldi. Mutlaqo begunoh odamlar halok bo‘ldi. Yaralanganlar nihoyatda ko‘p. Afsuski, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni hali ham ortishi mumkin”, degan Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalidagi murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Donetsk viloyatidagi qishloq ozod etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstantinovka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing