Rossiya Kiyevni bombardimon qildi. O‘nlab qurbonlar bor
Olam
−
15:49 1835 1 daqiqa
Bugun, 29 avgust kuni Rossiya Ukrainaning Kiyev viloyati Bucha tumaniga hujum uyushtirdi. Zarba oqibatida 27 kishi halok bo‘lib, 42 kishi jarohatlandi. Bu haqda Kiyev viloyati davlat ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni yakuniy bo‘lmasligi mumkin. Hozirda hududda qutqaruv va yong‘in o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida jarohatlangan 42 kishining 4 nafari bolalar. Jabrlanganlarning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 7 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Favqulodda vaziyat hududidan 381 kishi, jumladan, 59 nafar bola evakuatsiya qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Bucha tumanida qariyb 50 ta turarjoy binosi turli darajada zarar ko‘rgan. Uy-joyi shikastlangan fuqarolar uchun vaqtinchalik turarjoylar ajratilgan.
Shuningdek, Dmitrivka qishlog‘ida aholining murojaatlarini qabul qilish uchun favqulodda vaziyatlarga javob berish shtabi tashkil etilgan. U yerda fuqarolarga issiq ovqat va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 avgustga o‘tar kechasi Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida Ozon’ning logistika markazlaridan birida yong‘in chiqqan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust