Rossiya Kiyevga shiddatli havo hujumini boshladi
Olam
−
16 may 2023 19830 1 daqiqa
Bugun, 16 may kuni erta tongda Rossiya uchuvchisiz samolyotlar, qanotli va ballistik raketalar yordamida Kiyevga favqulodda shiddatli havo hujumini uyushtirdi. Bu Ukraina poytaxtining shu oy ichida sakkizinchi marta havo hujumiga uchrashidir. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Hozirda shahar uzra nechta ob’ekt urib tushirilgani va ulardan birortasi o‘z nishoniga tegishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Biroq Kiyevning Obolonskiy, Shevchenkivskiy, Solomyanskiy va Darnitskiy tumanlarida raketa qismlari qulagani aytilmoqda.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ta’kidlashicha, raketa qismlari qulab tushishi oqibatida bir necha mashina yonib ketgan va poytaxt g‘arbidagi Solomyanskiy tumanidagi binoga zarar yetgan. Uch kishi jarohatlangan.
Shuningdek, Klichko Borispol janubida havo hujumidan mudofaa tizimlari dron hujumini qaytarayotganini aytgan. Boshqa tumanlardagi zarar unchalik katta emas. Biroq bugun, 16 may kuni butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi sirenalari yangragan hamda Kiyev va uning hududi ustidan uch soatdan ko‘proq vaqt davomida eshitilgan.
Live
Barchasi