Rossiya Kiyev va Xarkovga zarbalar berdi

Olam

image

Bugun, 7 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahri va viloyatiga boshqariladigan bombali hujumlarni boshladi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xarkovning Shevchenkovskiy tumanidagi o‘rmon bog‘iga boshqariladigan aviabomba qulagan, qurbonlar yo‘q. 

“Xarkov viloyatining Cherkasskaya Lozovaya qishlog‘idagi turarjoy binosiga navbatdagi portlash sodir bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi”, dedi rasmiy.

O‘z navbatida, Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina poytaxtiga Rossiyaning uchuvchisiz dronlari hujum qilganini aytdi. Shaharda havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlamoqda, Kiyevning turli hududlarida portlash ovozlari eshitildi.

Shu bilan birga, Telegram-kanallari Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilingan Qrim hududida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda. “CHP/Simferopol” Telegram-kanaliga ko‘ra, butun yarimorol bo‘ylab havo tahdidi e’lon qilingan.

Novofedorovkadagi Saki aerodromi hududida ham portlashlar sodir bo‘lgan. “Krimskiy veter” Telegram-kanaliga ko‘ra, Simferopol va uning chekkasida ham portlashlar eshitilgan.

Anneksiya qilingan yarimorol “boshlig‘i” maslahatchisi Oleg Kryuchkovning aytishicha, Feodosiyadagi neft omborida yong‘in sodir bo‘lgan. Mulozim yong‘in sabablarini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarda sirena ovozi eshitiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qrim Kiev Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing