Rossiya Kiyev rejimi tomonidan “o‘ldirilgan” tinch aholisi sonini aytdi

Olam

image

Joriy yil boshidan beri "Kiyev rejimi"ning Rossiya hududiga bergan zarbalari oqibatida 201 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi va 721 nafari jarohatlandi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik ma’lum qildi.

“[Rossiya] Tashqi ishlar vazirligining Kiyev rejimining jinoyatlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan 31 martgacha Rossiya hududlarida 922 nafar tinch aholi Ukraina hujumlaridan jabr ko‘rgan. Jangarilar tomonidan 721 nafar tinch aholi vakili yaralangan, 201 nafari o‘ldirilgan”, degan u.

Diplomatning ta’kidlashicha, berilgan zarbalar oqibatida "bir vaqtning o‘zida 59 bola yaralangan. Ulardan 11 nafari vafot etgan. Qurbonlarning orasida 4 oylik chaqaloq ham bor", degan ko‘z-yosh bilan Miroshnik.

Bundan tashqari, "Kiyev rejimi" 2024 yilning birinchi choragida Rossiyadagi tinch aholi nishonlariga kamida 22 mingta o‘q-dorilarini ishlatgan.

"Bu kuniga deyarli 250 ta yoki soatiga 10 ta o‘q-dori, degan", deya qo‘shimcha qilgan Miroshnik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing