Rossiya Xarkovda Ukrainaning harbiy texnikalarini yo‘q qildi
Olam
−
13:38 676 1 daqiqa
Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlarining harbiy texnikalariga dronlar orqali zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, hujum Slijnevo va Kurgannoye aholi punktlari oralig‘ida amalga oshirilgan. Zarbalarni Rossiya Qurolli kuchlarining uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari harbiy xizmatchilari amalga oshirgan. Ular Ukraina qo‘shinlariga tegishli tank va avtomobil texnikalarini aniqlab, dronlar yordamida hujum qilgan.
“Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatida Slijnevo va Kurgannoye qishloqlari oralig‘ida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislari tomonidan tank va Ukraina Qurolli kuchlari mashinalarining yo‘q qilinishi tasvirlangan videoni e’lon qildi“, deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ukraindagi ob’ektlarga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lib, yana to‘qqiz kishi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi