Rossiya xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan 4 yilga mahrum etildi
Sport
−
09 dekabr 2019
4084Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Ijroiya qo‘mitasi Rossiya xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etish yuzasidan uzil-kesil qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, rossiyalik sportchilar 4 yil xalqaro sport musobaqalarda qatnasha olmaydi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Qarorga muvofiq, mamlakat sportchilari Olimpiada o‘yinlari va jahon chempionatida Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok eta olmaydilar. Qolaversa, ushbu taqiq Rossiya davlat xizmatchilari, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va Rossiya Paralimpiya Qo‘mitasi tomonidan xalqaro sport tadbirlariga tashrif buyurishni ham to‘rt yilga cheklaydi. Eng asosiysi, 4 yil davomida Rossiya jahon chempionatlarini o‘tkazish huquqidan mahrum bo‘ldi.
Rossiyalik sportchilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada va 2018 yil Pyongchangda (Koreya) bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etishlari mumkin.
Rossiya bungacha u yoki bu musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu huquq undan tortib olinib, boshqa davlatga beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning bunday taqiqqa uchrashiga Moskva aksildoping laboratoriyasi ma’lumotlari soxtalashtirilgani sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi