Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga dron va raketa bilan hujum qildi

Olam

image

Kecha, 27 oktyabr kuni Rossiya qo‘shinlari kamikadze-dronlarni Ukraina hududi bo‘ylab uchirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berdi.

“Hujum ikki guruh dronlar tomonidan amalga oshirildi”, deydi Ukraina Qurolli kuchlari “Janubiy” operativ qo‘mondonligi vakillari.

Ularning aytishicha, oltita dron ikki soatlik farq bilan Xarkov va Nikolayev viloyatlari bo‘ylab uchirilgan.

Ukraina harbiylarining ma’lum qilishicha, beshta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. “Janubiy” operativ qo‘mondonlik xabariga ko‘ra, yana bir uchuvchisiz samolyot Nikolayev viloyatidagi infratuzilma ob’ektiga urilgan – yong‘in sodir bo‘lgan, u tezda o‘chirilgan, hech kim jabrlanmagan.

Bundan tashqari, Ukraina Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Rossiya qo‘shinlari Voronej viloyatidan uchirilgan “Iskander” raketasi bilan Ukrainaga hujum qilgani haqida xabar bergan. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenkoning aytishicha, raketa Xarkov viloyati Izyum shahridagi o‘t o‘chirish bo‘limi binosiga kelib tushgan. Sakkiz nafar qutqaruvchi tan jarohati olgan, ulardan to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan, o‘t o‘chirish bo‘limi binosi va 13 dona texnika shikastlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing