Rossiya qo‘shinlari Nikolayevni o‘qqa tutdi
Olam
−
28 aprel
9948Rossiya qo‘shinlari bugun, 28 aprel kuni ertalab Ukrainaning Nikolayev shahrini o‘qqa tutdi. Bu haqda shahar ma’muriyati rahbari Aleksandr Senkevich ma’lum qildi.
“Dron hujumi oqibatida dam olish maskanida yong‘in sodir bo‘ldi, hozirda yong‘inni bartaraf etish uchun issiqlik ishlab chiqaruvchi infratuzilma ham zarar ko‘rgan", deb yozadi Senkevich.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining aniqlik kiritishicha, dron zarbasi oqibatida mehmonxona binosi zarar ko‘rgan. Yaqin atrofdagi boshqa mehmonxonaning oynalari singan, mashinalar ham shikastlangan. Issiqlik ishlab chiqaruvchi infratuzilma ob’ekti ham shikastlangan. Dron hujumi oqibatida qurbonlar yo‘q.
Nikolayev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Kimning aytishicha, shikastlangan mehmonxona 2022 yilda o‘qqa tutilganidan so‘ng yaqinda o‘z faoliyatini qayta boshlagan.
"Yaqin atrofda bolalar sport maktabi va stadion mavjud. Harbiy inshootlar yo‘q. Shaharning tarixiy qismi. Bu bizning biznesimizga, iqtisodiyotimizga hujum", deb yozgan Kim Telegram-kanalida.
Rossiya Mudofaa vazirligi Nikolayevning o‘qqa tutilishi haqida xabar bermadi.
LiveBarchasi