Rossiya qurollarining 2020 yildagi asosiy importyorlari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2020 yilda Rossiya qurol eksportining yarmidan ko‘pi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda "Rostex" rahbari Sergey Chemezov ma’lum qilgan.  

"2020 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar hududlariga Rosoboroneksport orqali yetkazib berilgan qurol barcha eksport ta’minotining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etdi. Eksport hajmi va yetkazib berilayotgan nomenklaturaning o‘sishidan tashqari, biz mintaqada hamkorlik geografiyasini sezilarli darajada kengaytirdik", degan Chemezov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika qurol bozoridagi asosiy xaridorlardan biri bo‘lib, ushbu mintaqa umumiy bozor hajmining 1/3 qismiga to‘g‘ri keladi. 

Chemezovning ta’kidlashicha, rus qurollariga talab katta. 

Qayd etilishicha, qurollar o‘zini qiyin iqlim sharoitida, xususan, dengizda, quruqlikda va havoda eng yaxshi tomondan isbotlay olgan. 

"Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasini inobatga olgan holda, mintaqa biz uchun juda muhimdir", degan Chemezov so‘zi yakunida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qurol

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing