Rossiya qozoq neftini Yevropaga o‘tkazishni to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

Rossiya Qozog‘iston neftini Novorossiysk portining neft terminali orqali tashishni avval qisqartirdi, keyin esa butkul to‘xtatdi. Bu haqda “Kommerasnt” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Novorossiysk portida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan 50 ta potensial xavfli o‘q-dorilar topilgan, ularni zararsizlantirish kerak. Ular Kaspiy quvurlari konsorsiumining yuk tushirish inshootlari yonida joylashgan. 

“Kommersant’”ning bir nechta manbalariga ko‘ra, 16 iyun kuni konsorsiumning o‘rnatish bo‘linmalariga tutashgan akvatoriya ularni o‘rganish bo‘yicha ish olib borish maqsadida kema harakati uchun butunlay yopilgan, bu esa yuk tashishning to‘xtab qolishiga olib kelgan.

Navbatdagi minalardan tozalash ishlari 20 iyunga belgilangan. Ish oy oxirigacha davom etadi. Avvalroq, neft jo‘natish qisqartirilgan, hozir esa butkul to‘xtatilgan. 15 iyun kuni Novorossiysk portining ichki suvlarida Ikkinchi jahon urushining uchta torpedasi allaqachon zararsizlantirilgan edi.

Kaspiy quvurlari konsorsiumi neft quvurining uzunligi 1511 km. Loyihaning quvvati yiliga 67 million tonna neftni tashkil etadi. Bu yo‘nalish neftni Qozog‘istondan G‘arbiy bozorlarga olib chiqish uchun asosiy yo‘nalish hisoblanadi. Xususan, Qozog‘istonning umumiy eksport neftining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i ushbu yo‘nalish bo‘ylab tashiladi. Mutaxassislarning fikricha, ta’mirlash ishlarining uch haftasi davomida jahon bozori kuniga 1 million barrelga yaqin neft yo‘qotgan.

Kaspiy quvurlari konsorsiumi — bu uzunligi 1,5 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan magistral quvur liniyasini qurish va ishlatish uchun yaratilgan Rossiya, Qozog‘iston, shuningdek, dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirokidagi eng yirik xalqaro neft tashish loyihasi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston neft' Kaspiy quvurlari konsortsiumi

Baholaganlar

1390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing