Rossiya “Qiyomat kuni torpedasi”ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Olam

image

Rossiya o‘zining "Poseydon" pilotsiz suv osti apparatining birinchi parvozini 2020 yilning kuziga rejalashtirmoqda. ayni paytda eng so‘nggi tizimning tarkibiy qismlari va agregatlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu parvoz "Belgorod" ko‘p maqsadli atom suv osti kemasi (949A "Antey" loyihasidagi) bortida amalga oshiriladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu kema eng so‘nggi pilotsiz kemalarning birinchi sinov tashuvchisi hisoblanadi.

Eksperimental kema "Poseydon" uchun maxsus qayta ishlangan (loyiha 09852) va 2019 yil aprel oyida Severodvinskda suvga tushirilgan. Bu suvosti kemasining sinovlari 2021 yilgacha davom etadi va ular muvaffaqiyatli yakunlansa, "Poseydon"lar bilan jihozlangan "Belgorod" Rossiya dengiz floti tarkibiga kiradi.

Kelajakda qit’alararo suv osti pilotsiz apparatlarning birinchi to‘laqonli tashuvchisi – "Xabarovsk" atom suv osti kemasi (098531 loyihasi) bo‘ladi. U yozning boshida suvga tushirilishi rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng sinovlar taxminan ikki yil davom etadi. Xabarda yozilishicha, unyoning hech bir mamlakatida "Poseydon" kabi tizimlar mavjud emas va undan himoya vositalari mavjud emas.

"Poseydon" – bu atom elektr uskunasiga ega strategik qit’alararo chuqur dengiz apparati bo‘lib, u 100 uzel (185 km/soat) tezlikda 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir. "Poseydon" sinovlari noyob xususiyatlari va deyarli cheksiz pilotsiz suzish masofasiga ega.

24 metr uzunlikdagi, diametri 1,6 metr bo‘lgan apparat an’anaviy yoki megatonli termoyadroviy o‘q-dorilar bilan jihozlanishi mumkin va aviatashuvchi guruhlarni, suvosti kemalari strategik bazalarini va raqibning sohil infratuzilmasini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Okeanda bunday "torpedo"ni topish oson emas, past tezlikda u o‘ta tovushsiz yuradi, ammo gidroakustik aloqada (aniqlanib qolganida) bo‘lgan taqdirda ham undan himoyalanishning ilojisi yo‘q.

Pilotsiz rejimda "Poseydon" ehtimoliy raqibning barcha mavjud va istiqbolli suvosti kemalari, torpedalari va raketalari uchun erishib bo‘lmas chuqurlik va tezlikda harakatlana oladi. Avtonom boshqaruv tizimi suv osti kemalariga qarshi tusiqlar yoki boshqa mudofaa tizimlarini topib, yengib o‘tishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Poseydon

Baholaganlar

640

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing