Rossiya Qashqadaryo va Navoiy pomidoriga qo‘yilgan taqiqni qisman yumshatdi
Jamiyat
−
05 mart 2021
2471“Rosselxoznadzor” joriy yilning 3 martidan Rossiyaga O‘zbekistonning 6 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda federal xizmatning veb-saytida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kafolati ostida va pomidor jigarrang bujmayishi virusi yo‘qligiga oid laborator tadqiqotlar natijalariga tayanib qabul qilingan.
Pomidorlarni Rossiyaga olib kirish uchun quyidagi kompaniyalarga ruxsat beriladi:
- “Taraqqiyot sari servis” MCHJ (Qashqadaryo viloyati);
- “Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest” MCHJ (Qashqadaryo viloyati);
- “Saidazimxon” MCHJ (Qashqadaryo viloyati);
- “Zarafshon grand bolgari” MCHJ (Navoiy viloyati);
- “KARMANA AGROTRADING” MCHJ (Navoiy viloyati);
- “Maftunkor Bahor” MCHJ (Navoiy viloyati).
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampir mahsulotlarida virus aniqlanganidan so‘ng “Rosselxoznadzor” ushbu viloyatda yetishtirilgan ikki turdagi mahsulotning Rossiya hududiga olib kirilishiga taqiq o‘rnatgandi.
Shuningdek, o‘tgan yilning 7 dekabr kuni O‘zbekistondan kelgan quritilgan o‘rik partiyasida xapra qo‘ng‘izi aniqlangani sababli, Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini Rossiyaga olib kirish taqiqlangandi.
LiveBarchasi