Rossiya ishiga aralashayotgan BMTga “don yo‘lagi” bilan po‘pisa qildi

Olam

image

Agar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Erondan Rossiyaga yetkazilgani taxmin qilinayotgan urib tushirilgan dronlarni tekshirish uchun Ukrainaga o‘z mutaxassislarini yuborsa, Rossiya va BMT o‘rtasidagi hamkorlik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ukrainadagi janglarda Rossiya faqat o‘zi ishlab chiqargan dronlardan foydalanyapti.

“Bizning dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z sanoatimiz bor, u ushbu kampaniya uchun mahsulotlar ishlab chiqaradi, shuning uchun barcha ayblovlar g‘arblik hamkasblarimizning vijdoniga havola”, degan Polyanskiy BMT Xavfsizlik Kengashining yopiq yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

OAV uchun yopiq uchrashuvda Eronga Rossiyaga dronlar yetkazib berish ayblovi qo‘yilgan.

Isbot sifatida u ba’zi dronlarning parchalarida rus tilidagi yozuvlarni ko‘rish mumkinligiga aytgan.

“Menimcha, Eronda rus tili bu daraja keng qo‘llanilmaydi”, degan diplomat.

Jurnalistlar bilan suhbatda Polyanskiy Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni qayta tiklash imkonini beruvchi BMT shafeligida tuzilgan don bitimi Rossiya tomonidan uzaytirilmasligi mumkinligiga shama qilgan.

“Biz [Rossiya Federatsiyasi uchun] amaliy natijalarni inobatga olamiz, istaklarni amalga oshgandek qilib ko‘rsatilishini emas.  Hozircha amaliy natijalar hamin qadar”, degan u.

Polyanskiy, shuningdek, Rossiya don shartnomasini uzaytirish zarurligiga “hali ishonch hosil qilmaganini” qo‘shimcha qildi va “Rossiya o‘g‘itlari va oziq-ovqat eksporti” Moskva uchun asosiy masala bo‘lib qolayotganiga ishora qildi.

Iyul oyida Istanbulda imzolangan kelishuvlar 19 noyabrda tugaydi.

Avvalroq, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga Rossiya Ukraina infratuzilmasiga yirik zarbalar berayotgan uchuvchisiz uchoqlarga egalik huquqini aniqlash uchun mutaxassislar guruhini yuborish rejalari haqida ma’lum qilgandi.

Kiyevda va G‘arbda ular bu dronlarni Rossiya Federatsiyasiga Erondan yetkazib berilayotgani da’vo qilinmoqda. Tehron va Moskva bu ayblovlarni rad etyapti.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing