Rossiya ilk bor aviatsiya kerosini eksportini taqiqladi

Olam

image

Rossiya hukumati aviatsiya kerosini eksportini joriy yil 30 noyabrgacha taqiqladi. Bu Rossiya tarixida ushbu turdagi yoqilg‘i eksportiga ilk bor shunday cheklov joriy etilishi hisoblanadi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Rossiya hukumati mazkur qarorni ichki bozorda aviatsiya yoqilg‘isi zaxiralarini saqlab qolish va mahalliy aviakompaniyalarni yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida qabul qilgan. Biroq cheklov bojxonadan o‘tayotgan yuklarga, xalqaro reyslar uchun ishlatiladigan yoqilg‘iga hamda davlatlararo kelishuvlar asosidagi yetkazib berishlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Avvalroq, Rossiya benzin va dizel eksportiga bir necha bor cheklovlar kiritgan bo‘lsa-da, aviatsiya kerosini eksporti hech qachon taqiqlanmagan edi. Mutaxassislar mazkur qarorni mamlakatdagi yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmining qisqarishi va jahon bozoridagi narxlar o‘sishi bilan bog‘lamoqda.

Rossiya Transport vazirligi mamlakatda aviatsiya yoqilg‘isi tanqisligi kuzatilmayotganini ma’lum qilgan. Biroq hukumat ichki bozor ehtiyojlarini ustuvor deb hisoblayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati benzin eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlarni 31 iyulga qadar bevosita neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ham tatbiq etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya eksport cheklov aviatsiya kerosin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing