Rossiya IIV endilikda sud qarorisiz ham migrantlarni deportatsiya qilishi mumkin
Olam
−
09 avgust
2612Rossiya Ichki ishlar vazirligiga xorijliklarni ayrim huquqbuzarliklar sodir etgani uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborish huquqi berildi. Tegishli qonun mamlakat Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari chet el fuqarolarini ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani uchun Rossiyadan deportatsiya qilish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkin.
Chet elliklar quyidagi huquqbuzarliklar uchun shu tariqa jazolanishi mumkin:
- giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, tashish, iste’mol qilish va targ‘ib qilish;
- noan’anaviy jinsiy aloqalar va pedofiliyani targ‘ib qilish;
- vijdon va din erkinligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda missionerlik faoliyati;
- jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish;
- stadionlarda o‘zini tutish qoidalarini buzish.
O‘zgartirishlar parlamentda joriy yilning iyun oyida birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. 23 iyuldagi ikkinchi o‘qishda qonun loyihasiga FXX, Ichki ishlar vazirligi va Chegara xizmati rahbarlari va o‘rinbosarlarining qarori bilan deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklarni maxsus hibsxonalarda saqlashning maksimal muddati to‘g‘risidagi nizom kiritildi. Ular 48 soat davomida tergov izolyatoriga joylashtirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlar uchun shaxsiy daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi