Rossiya Gruziya bilan chegarada safarbarlik punkti ochadi

Olam

image

Rossiya Gruziya bilan chegaradagi “Verxniy Lars” nazorat-o‘tkazish punktida safarbarlik punktini joylashtiradi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligida rasman e’lon qilingan.

Aynan o‘sha yerda yaqinda mamlakatda e’lon qilingan qisman safarbarlik munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketishni xohlovchilarning eng uzun navbatlari kuzatilmoqda.

Bayonotda qayd etilishicha, “Gruziya tomon harakatlanayotgan yengil avtomobillar oqimi jiddiy ravishda ortib bormoqda”.

Fuqarolar xavfsizligini tashkil etish va “noqonuniy xatti-harakatlar va ziddiyatli vaziyatlarning yuzaga kelishi” xavfini kamaytirish maqsadida yig‘ilish yakunlari bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan fuqarolarning chegaradan piyoda o‘tishiga ruxsat berish hamda tartibot va yo‘l harakati xavfsizligi nuqtai nazaridan bir qator keyingi chora-tadbirlar rejalashtirilgan edi.

“Tez kunlarda nazorat-o‘tkazish punktida harbiy komissiyaning safarbarlik punkti joylashtiriladi”, deya qo‘shimcha qilingan yakunda.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyada safarbarlik boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rezervda bo‘lgan va tegishli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Hukumat portalida 35 yoshgacha bo‘lgan oddiy askar va serjantlar, 50 yoshgacha bo‘lgan kichik ofitserlar, 55 yoshgacha bo‘lgan katta ofitserlar birinchi navbatda safarbar qilinishi aytilgan. Safarbarlik ortidan rossiyaliklar ommaviy ravishda vatanini tashlab, xorijiy davlatlarga chiqib ketishni boshladi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik doirasida 300 ming kishini armiyaga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

safarbarlik

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing