Rossiya Gornyakni egallab oldi

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyati Pokrovskiy tumanidagi Gornyak shahrini nazoratga oldi. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Ukrainaning OSINT DeepState loyihasi ma’lum qildi.

Ommaga ochiq fotosuratlar va videolardan foydalangan holda frontdagi vaziyatni kuzatuvchi loyiha xaritasiga ko‘ra, rossiyaliklar Selidovo, Bogoyavlenka, Novoukrainka aholi punktlarida, shuningdek, Shaxterskoye va Novoalekseyevka yaqinida ham oldinga siljigan.

Bir kecha oldin DeepState rossiyalik harbiylar Selidovo shahridagi shahar kengashi binosini egallab olgani haqida xabar bergan edi. Rasmiylar tomonidan shaharda sodir bo‘layotgan voqealar haqida hech qanday rasmiy izoh berilmagan.

Rossiyalik urush tarafdori bo‘lgan bloggerlar ham Rossiya Qurolli Kuchlari Gornyakni egallab olgani haqida yozgan. Ular, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Selidovoni yaqinda bosib olishlarini yoki allaqachon egallab olishlarini da’vo qilishdi.

O‘zini "DXR" deb e’lon qilgan hudud "rahbari" Denis Pushilin, o‘z navbatida, "Rossiya 24" telekanaliga "Gornyak va Selidovo aholi punktlarini qo‘shimcha tozalash" davom etayotganini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Nyu-York qishlog‘ini egallab olgandi. Oktyabr oyida Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatining janubi-g‘arbidagi kuchli mustahkamlangan hududlardan biriga aylantirilgan Ugledar shahrini tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donetsk Gornyak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing