Rossiya G7 ning neft bo‘yicha rejalariga qanday qarshilik ko‘rsatmoqchiligi oshkor qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya neftning o‘ziga xos referent navini yaratishni rejalashtirmoqda. Buning yordamida Moskva G‘arbning o‘z daromadlariga zarba berishga urinishlariga qarshi turmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

“Rossiya hukumati G‘arbning mamlakatga neft dollarlari oqimini cheklashga urinishlaridan o‘zini himoya qilish uchun kelasi yil milliy neft mezonini yaratish rejasini ishlab chiqdi”, deyiladi agentlik xabarida.

Nashrning ta’kidlashicha, Rossiyaning asosiy vazirliklari, neft ishlab chiqaruvchilari va Markaziy banki oktyabr oyida milliy platformada neft savdosini boshlash rejasi haqida so‘z borgan hujjat bilan tanishgan.

“Rejaga ko‘ra, Rossiya 2023 yilning mart-iyul oylari oralig‘ida etalon narxni belgilash uchun yetarli bo‘lgan savdo hajmiga erishish uchun neft sotib olishga xorijiy hamkorlarni jalb qilish ustida ish olib boradi”, deyiladi agentlik xabarida.

Unda ta’kidlanishicha, tashabbus “dastlabki bosqichda”.

“Bloomberg” agentligining Moskvadagi nomi oshkor etilmagan suhbatdoshlari neftning benchmark narxini belgilash rejalarini tasdiqlagan va bu tashqi bosimga qarshi kurashishga yordam berishini ta’kidlagan hamda G7’ning neft tashabbuslarini eslatgan.

G‘arb davlatlari Rossiyaning energiya eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli choralarni muhokama qilishda davom etmoqda. Hozirgacha bu na neftga embargo qo‘yish, na xorijiy kompaniyalarning ixtiyoriy rad etishlari bilan amalga oshirilmadi. Eksportni qayta yo‘naltirish, muqobil yetkazib berish sxemalari va neft narxidagi “sanksiya mukofoti” Moskvaga hatto chegirmali sotish bilan ham byudjet daromadlarini ta’minlash imkonini beryapti.

Iyun oyi oxirida “Katta yettilik” mamlakatlari Rossiya neftiga “narxlar chegarasi”ni belgilashni ko‘rib chiqishga kelishib oldi. Moskva bu rejalarni psixologik urushning yana bir elementi deb atadi va ular faqat neft bozoridagi narxlarning oshishiga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft'

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing