Rossiya Eronni Isroilga sotdi
Tahlil
−
28 avgust 17320 10 daqiqa
Joriy xafta o‘rtasigacha jahonda ro‘y bergan voqea-hodisalar tafsiloti bidan QALAMPIR.UZ'ning Midweek dasturida tanishing.
Rossiya Eronga xiyonat qildi
Rossiya Liviya va Suriya kabi Eronga ham xiyonat qilgani haqidagi xabarlar haftaning eng keskin siyosiy burilishlaridan biri bo‘ldi. Liviya va Suriya masalasi o‘z yo‘liga, ammo bir-biriga strategik hamkor bo‘lishiga qaramay, o‘sha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma joriy yil 17 yanvar kuni imzolanib, so‘ng oradan bir necha oy o‘tgach Isroil Eronga hujum boshlagan paytda strategik hamkori Eron qolib Isroilga yordam berganlik ayblovi Moskvani tashqi dunyoda yanada kucliroq izolyatsiyalanishiga ishora qilmoqda. Eng ajablanarlisi, buni Erondagi oliy organlarlardan birining a’zosi ochiqladi va Moskvaga shunday jiddiy ayblov qo‘ydi. Siyosiy tizimning maqsadga muvofiqligini aniqlash kengashi a’zosi Sayid Muhammad Sadr “Seenergyir” kanaliga bergan intervyusida Rossiya Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik urush paytida dushman tomoniga razvedka ma’lumotlarini taqdim etganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyidagi Eron-Isroil qurolli to‘qnashuvi Moskva bilan strategik ittifoq foydasiz ekanini ko‘rsatgan.
“Rossiya Isroilga havo hujumidan mudofaa tizimlarining Erondagi joylashuvi haqida ma’lumot berdi. Masalan, ular (Rossiya) shunchaki: “Isroilning Eronga hujum qilganidan xursand emasmiz”, dedi.
“Turkiya NATO a’zosi. NATO nima? Bu Rossiyaga qarshi. Rossiya Turkiyaga S-400 sotishga rozi bo‘ldi. Bu biz uzoq vaqtdan beri gapirib kelayotgan strategik sheriklik haqida emas”, dedi Sayid Muhammad Sadr.
Rostdan ham o‘sha urush kunlari davomida Kremldan chiqqan munosabatlarning ovozi juda past edi. Rossiya o‘shanda shunchaki AQSH va Isroilning bu harakatlari qabul qilib bo‘lmas ekanini aytishdan uyog‘iga o‘ta olmadi. Umuman olganda, Moskva juda mushkul vaziyatda, u Eronga hech qanday yordam yetkazib bermadi. Ular o‘rtasida yaqindagina imzolangan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim ham bu uchun yetarli bo‘lmadi. O‘sha shartnoma mamlakatlar o‘rtasidagi keyingi 20 yilga mo‘ljallangan munosabatlarni tartibga solish va turli sohalarni, jumladan, mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya va madaniyatni qamrab olishi ko‘zda tutilgandi. Ammo iyun oyida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Eron-Isroil mojarosida Tehronga harbiy va boshqa yordam ko‘rsatishi ular Moskvaga qanday iltimos bilan chiqishiga bog‘liqligini aytgandi. Bu bayonot Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Moskvadagi uchrashuvi arafasida yangradi. Ammo Peskov o‘shanda havodagi mudofaasi falajlangan Eronga Rossiya tomonidan S-300 yoki S-400 havo mudofaa tizimlari yetkazib beriladimi, degan savolni javobsiz qoldirgandi. O‘z-o‘zidan yakunda Aroqchi Rossiyadan quruq qo‘l bilan qaytdi. Moskva esa o‘z sukuti va Eronga yordam berilmayotganini Tehronning yordam so‘ramagani bilan oqladi.
Mana oradan ikki oy o‘tib asta-sekin Eron ruslardan hafsalasi pir bo‘lganini juda yuqori doirada bildirib o‘tdi. Chunki tizimning maqsadga muvofiqligini aniqlash kengashi Erondagi hazilakam tuzilma emas. Bu Eronning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, Oliy rahbar Oyatullohga qolganlardan ko‘ra ancha yaqin institut hisoblanadi. U 40 dan ortiq siyosatchilar, sobiq amaldorlar va yuqori martabali ulamolardan tashkil topgan. Shu bois, Muhammad Sadrning Rossiya xiyonati haqida gapirishi – bu Tehron va Moskvaning vidolashuvidan darak beradi. Lekin ushbu mulozim ikki o‘rtadagi munosabatlar uzil-kesil yo‘q bo‘lib ketmasligi kerak, degan fikrni ham ilgari surgan. U Rossiya bilan juda jiddiy munosabatlarga ega bo‘lish lozimligini aytgan, ammo Eron unga baribir ishona olmasligini ham qo‘shimcha qilgan.
Biz esa: “Chunki Eron allaqachon boshqa bir qudratli siyosiy va iqtisodiy kuchga ishonishni boshlagandi”, deyishimiz uchun yetarlicha asoslar bor. Isroil bilan urushdan so‘ng, Eron Xitoyga yuzlangani, undan turli mudofaa qurollari sotib olishga kirishgani haqida xabarlar chiqqandi. Boz ustiga strategik hamkorlik masshtabi mudofaa sohasini ham qamrab olgan Rossiyadan hech vaqo kelmagan bir paytda Xitoydan chiqqan va Eron havo hududiga kirib radarlardan g‘oyib bo‘lgan yordam samolyotlar haqidagi ma’lumotlar ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Umuman olganda, Pekin va Tehronning juda yaqin jipslashuvi Isroil hujumi va aynan mana shu yordam ortilgan samolyotlar fonida yuz berdi deyish mumkin. Albatta urush kuchayib ketgan taqdirda Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozining yopib qo‘yilishi, iqtisodiyoti neftga bog‘langan Xitoy uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi tayin edi. Ammo bu yaqinlashuv o‘sha paytdagi ma’lum yordam bilan to‘xtab qolmagani aytilmoqda. Isroil nasrlari bilan bo‘lib o‘tgan 12 kunlik urushdan so‘ng, Tehron o‘z raketa dasturlarini qayta tiklash uchun Xitoy bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bermoqda.
“Ynet” nashrining ma’lum qilinishicha, Eron urushdan so‘ng o‘zining mudofaa salohiyatini faol ravishda tiklamoqda. Bu jarayonda yangi havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketa qurollarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. G‘arb razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroda jiddiy talafot ko‘rgan Tehron o‘z raketa dasturlarini qayta tiklash uchun Xitoy variantini afzal ko‘ryapti. Bundan tashqari, yadroviy qurol ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, Eronning ballistik raketalar yaratishi xalqaro shartnomalar bilan cheklanmagan. G‘arb maxsus xizmatlari Eron va Xitoy o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning qayta tiklanayotganiga oid belgilarni qayd etgan. Aslida 2024 yilning oktyabr oyidagi mojarodan so‘ng, Pekin Tehronga muayyan uskunalarni yetkazib bera boshlagan. Endi esa razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Eronning raketa salohiyatini tiklash va modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Isroilda esa bu holat katta xavotir uyg‘otmoqda. Aytishlaricha, Isroil amaldorlari Pekinga bu borada tegishli signal yuborgan. Ammo xalqaro maydonda hatto AQSH manfaatlari bilan ham hisoblashib o‘tirmaydigan Xitoy, kelib-kelib uning arzandasidan yuborilgan signalga e’tibor berishiga ishonish qiyin.
Netanyaxu Turkiyadan o‘ch olmoqchi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiyadan ma’anaviy o‘ch olishga urindi. U 1915 yil, ya’ni Usmonlilar imperiyasi hali hech bo‘lmaganda rasmiy jihatdan saqlanib turgan paytda armanlarga qarshi amalga oshirilgan qirg‘inlarni genotsid deb tan oldi. U buni rasmiy jihatdan hujjatlashtirmadi, aksincha shunchaki, 26 avgust kuni amerikalik biznesmen va ijtimoiy tarmoq faoli Patrik Bet-Devid bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi. Patrik Bet-Devid Isroil Bosh vaziri bilan uyushtirgan intervyusi davomida:
“Nega shu paytgacha Isroilning hech qaysi Bosh vaziri Usmonlilar imperiyasi tomonidan armanlar, ossuriylar va yunonlarning o‘ldirilishini genotsid deb atamagan?”, deya to‘satdan bergan savoliga Netanyaxu: “Ha shunday, lekin men hozir aytdim. Nuqta”, deya javob berdi va bu harakatni genotsid sifatida tan olishini bildirdi.
Shu tariqa, u Isroil Bosh vazirlari orasida bunday e’tirofni ochiq tan olgan birinchi shaxsga aylandi. Isroil shu paytgacha Usmonlilar imperiyasidagi 1915–1916 yillar voqealarini rasman genotsid sifatida tan olishdan tiyilib kelgan. Bunga sabab sifatida Anqara bilan sovuqlashib qolgan diplomatik munosabatlar ko‘rsatilgan edi. Biroq so‘nggi yillarda, xususan, G‘azodagi voqealar fonida ikki davlat aloqalari yanada keskin yomonlashib ketdi. Netanyaxuning bu qisqa va shov-shuvli nutqi esa tezda tarmoqlarda tarqalib, noroziliklar keltirib chiqardi va Turkiya rasmiylarigacha yetib bordi. Vaziyatdan xabar topgan Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Netanyaxuning so‘zlarini qoralab, “falastinliklarga qarshi genotsidda ayblanayotgan shaxs o‘z jinoyatlarini yashirish uchun tarixni siyosiylashtirmoqda” degan mazmunda bayonot berdi.
O‘zi armanlar qirg‘ini haqida tarix ustida doim fikrlar va g‘oyalar jangi ketadi. Dunyoning aksar davlatlari buni turklar tomonidan uyushtirilgan genotsid deb hisoblasa, Turkiya mazkur voqea urush paytida tabiiy sharoitlarda yuz berganligini da’vo qiladi. Voqelikka qisqacha nazar tashlaydigan bo‘lsak, Birinchi Jahon urushi paytida, 1915 yil yanvar oyida Anver Posho Sariqamish jangida ruslarni siqib chiqarishga harakat qiladi, ammo bu urushda yosh turklar o‘zining eng qaqshatqich mag‘lubiyatlaridan birini qabul qilib oladi. Yetishmovchilik va og‘ir sharoitlar mag‘lubiyatga asosiy sabab bo‘lsa-da, yosh turklar hukumati aybni armanlarga yuklamoqchi bo‘ladi. Tarixiy manbalar armiyadagi arman askarlari demobilizatsiya qilinib, mehnat batalonlariga o‘tkazilgani, qurolsizlangan arman askarlari keyinchalik qatliom qilinganini bayon qiladi. Tarixchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, o‘sha davrda taxminan 1,5 million arman vafot etgan.
Ammo masalaning ikkinchi tomoni shundaki, mazkur qirg‘in atayin amalga oshirilganmi, yoki yo‘q, buni Usmonli nomi bilan bog‘lash unchalik ham to‘g‘ri emas. Negaki, ko‘pchilikka ma’lum Usmonli imperiyasi rasman 1922 yilga qadar yashagan bo‘lsada, uning so‘nggi sultoni bu –Abdulhamid II. Undan keyingi o‘zgarish va usmonli vakillarining so‘zi esa saroy darvozasidan tashqariga chiqmagani tarixdan ma’lum. Bugunga kelib esa qator G‘arb davlatlari, xususan, Germaniya 2016 yilda, AQSH esa 2019 yilda federal miqyosda armanlar fojiasini genotsid deb qabul qilgan.
Si Szinpin Xitoy armiyasida katta tozalash qilmoqda
Xitoyda kommunizm va bir partiylikning kutilgan voqeliklari yuz bermoqda. Mamlakat Raisi Si Szinpin armiyada katta tozalashlarni amalga oshirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, u tozalashni shu darajada amalga oshiryaptiki, bu Xitoy Xalq Respublikasining asoschisi va birinchi rahbari Mao Szedun davridan buyon eng yirik ishdan bo‘shatish hisoblanadi. Bugungi Xitoy asoschisi Mao Szedun o‘z hokimiyati davrida tayinlagan generallarning qariyb beshdan bir qismini lavozimidan chetlatgan. Ulardan ayrimlari tergov ostida, boshqalari esa bir muncha paytdan so‘ng omma oldida umuman ko‘rinmay qolgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Si Szinpin ham Xitoyda shunday katta ko‘lamdagi yuqori harbiy lavozimdagilarni ishdan olish amaliyotini o‘tkazmoqda. Bu Mao davridan beri kuzatilmagan. Masalan, Xitoyning sobiq rahbarlari – Xu Szintao yoki Szyan Szemin davrida Xalq ozodlik armiyasining yuqori rahbariyatiga nisbatan biror marta tergov o‘tkazilmagan. “Bloomberg”ga ko‘ra esa, Si Szinpin hokimiyat tepasiga kelganidan buyon 13 yil davomida u tayinlagan generallarning 17,7 foizi lavozimidan chetlatilgan bo‘lib, ularning deyarli barchasi uning uchinchi muddatida, ya’ni 2022 yil oktyabrdan keyin amalga oshirilgan. Natijada Xitoyning oliy harbiy organi – Markaziy harbiy kengash tarkibida hozir atigi to‘rt nafar a’zo qolgan. Bu Mao davridan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Si Szinpin hokimiyatni qo‘lga olganida esa kengash tarkibida yetti kishi bo‘lgan.
Ochig‘ini aytganda, Si Szinpin davrida amaldorlarning tez-tez g‘oyib bo‘lishini dat tusiga kirdi. Sobiq Tashqi ishlar vaziri Sin Gan va Mudofaa vaziri Li Shanfun sirli g‘oyib bo‘lgani yoki G‘arb OAV tomonidan o‘ldiga chiqarilishi bunga misoldir.
2021-2022 yillarda XXRning AQSHdagi elchisi, 2022 yil 30 dekabrdan 2023 yil 25 iyulgacha Xitoy tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan Sin Gan lavozimidan chetlashtirilgandan so‘ng, yoki qiynoqlardan so‘ng Pekin harbiy shifoxonasida vafot etgani, yoki bo‘lmasan o‘z joniga qasd qilgani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Sin Gan 2023 yilning 25 iyunidan boshlab omma oldida ko‘rinish bermagan. Ammo u o‘z faoliaytini yana bir oy davom ettirgan va Vetnam hamda Shri-Lanka Tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Oradan bir oy o‘tgach, Sin Gan ishdan bo‘shatilgan va uning o‘rniga Xitoyning amaldagi Tashqi ishlar vaziri Van I tayinlangan. “Politico” nashri esa Sin Ganning g‘oyib bo‘lishi va keyinchalik bo‘shatilishi aynan Rudenkoning Pekinga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi va ushbu safar davomida Rossiya TIV vaziri o‘rinbosari Xitoy raisi Si Szinpinga Sin Gan va bir qancha yuqori martabali zobitlarning qarindoshlari XXRning yadroviy sirlarini G‘arb davlatlari razvedka xizmatlariga yetkazayotgani haqida ma’lumot bergan. Shundan so‘ng, Sin Gan qiynoqlar yoki o‘z joniga qasd qilishdan vazfot etgan. Taxminlarga ko‘ra, u 2023 yilning iyul oyidayoq o‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, 2023 yilda yana bir mulozim Mudofaa vaziri Li Shanfun ham to‘satdan g‘oyib bo‘lgandi. U 2023 yil 24 oktyabr kuni lavozimidan chetlashtirilgan. Bu vaqtgacha esa general deyarli ikki oy davomida jamoat joylarida ko‘rinish bermagan. Shu tariqa Si davrida amaldorlarning yoqolib qolishi va ular ommaga bir necha oy ko‘rinish bermagandan so‘ng, ular haqida chiqadigan keyingi xabar o‘lim haqida bo‘lmoqda. Bu kommunistik ruhdagi siyosat uchun begona emas.
Live
Barchasi