Rossiya Eronga qurol yetkazib bermagan – Putin
Olam
−
06 iyun 2102 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Eron Islom Respublikasiga hech qanday qurol yetkazib bermaganini ma’lum qildi. Bu haqda u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi sessiyasida so‘z ochdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Eronga qurol yuborish yoki harbiy yordam berish bo‘yicha hech qanday ish qilmagan.
“Eron bizdan bunday iltimos bilan murojaat qilmagan va biz ularga hech qanday qurol yetkazib bermadik”, degan Putin.
U, shuningdek, Eronga kerak bo‘lgan ayrim ma’lumotlar faqat ko‘plab davlatlar foydalanadigan tijoriy sun’iy yo‘ldoshlar orqali olinishi mumkinligini bildirgan.
Avvalroq, ayrim G‘arb ommaviy axborot vositalari Rossiya Eronga dronlar va razvedka ma’lumotlari yetkazganini da’vo qilgan edi. Xususan, “Financial Times” manbalariga tayanib, Rossiya Eronga “Geran-2” tipidagi dronlarni bergani haqida yozgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Eronga dronlar yetkazib berganini va bu bo‘yicha “100 foizlik dalillar” mavjudligini aytgan.
Shuningdek, “Carnegie Politika” nashri avvalo Rossiya Eronga Yak-130 o‘quv samolyotlari, Mi-28 jangovar vertolyotlari va “Spartak” zirhli mashinalari yetkazgani haqida ma’lumot bergan edi. Biroq bu bitimlarning aksariyati rasmiy ravishda tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining (YeI) bandlik va mehnat masalalari bo‘yicha komissari Roksana Minzatu AQSH va Eron o‘rtasidagi nizo tufayli energiya resurslari narxining keskin ko‘tarilishi oqibatida ittifoq 1,3 milliongacha ish o‘rnini yo‘qotishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi