Rossiya dunyoni og‘ir oziq-ovqat inqirozi yoqasiga qo‘ymoqda – Zelenskiy

Olam

image

Rossiya dunyoni og‘ir oziq-ovqat inqirozi yoqasiga keltirib qo‘yyapti. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining Sevastopoldagi rus harbiy kemalariga hujum qilgan dronlar don olib ketayotgan fuqarolik kemasidan uchirilgani haqidagi bayonotlariga izoh berib aytib o‘tdi.

“Avval “jangovar qushlar”, keyin “jangovar hasharotlar” haqida gapirishdi, endi mana don. Rus admirallarini g‘arq qilayotgan qotil bug‘doy. Xo‘sh, nima deyishimiz mumkin? Haqiqatda kasal odamlar. Ammo bu kasal odamlar yana dunyoni og‘ir oziq-ovqat inqirozi yoqasiga qo‘ymoqda”, deydi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha bo‘lgan keng miqyosda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishiga yagona aybdor Rossiyadir.

“Albatta, sheriklar terrorchi davlatni shantaj darajasini biroz pasaytirishga ishontirishga harakat qilmoqda. Lekin bu haqiqatga yaqinmi? Hozircha faktlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Rossiya rahbariyati imzolangan hujjatlarni bajarishdan ko‘ra oziq-ovqat inqirozini yanada kuchaytirishdan ko‘proq manfaatdor. Aytgancha, bu Rossiya bilan muzokaralar haqida gapirayotganlarning barchasiga javobdir”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing