Rossiya dunyodagi eng yirik mudofaa tizimini qurdi – Britaniya razvedkasi
Olam
−
02 may 2023 24001 1 daqiqa
Ukrainadagi urushni kuzatib borayotgan Buyuk Britaniya razvedkasi Rossiya o‘nlab yillar ichida dunyodagi eng katta mudofaa tizimini qurganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qrimning shimoliy chegarasi Matveyevka qishlog‘i yaqinida ko‘p bosqichli mudofaa tizimi tashkil qilingan. Belgorod va Kursk viloyatlarining Ukraina bilan chegara hududlarida esa yuzlab kilometrlik transheyalar qazilgan.
Buyuk Britaniya razvedkasiga ko‘ra, front yaqini va uning orqa tomonidan keng ko‘lamli mudofaa tizimi yaratish uchun qilingan harakatlar bir tomondan Rossiyaning Ukraina qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tib, muvaffaqiyatga erishishidan cho‘chiyotganini ko‘rsatsa, boshqa tarafdan undan Ukraina va NATO Rossiyaga qarshi hujum tayyorlayotgani haqidagi rasmiy da’voni ilgari surish uchun qo‘llanishi mumkin.
So‘nggi paytlarda Ukrainaning qarshi hujumga o‘tishi va Rossiya egallagan hududlarini qaytarib olmoqchiligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Buning ortidan Rossiya qo‘l ostidagi hududlarni maksimal darajada saqlab qolishga intilishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zaporoje viloyatida rossiyalik harbiylar koinotdan ham ko‘rinadigan “mega xandaq” qurayotgani haqida xabar berilgandi. Frontdan 80 kilometr orqada qurilayotgan ushbu xandaq Putinning Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklarni tan olganining belgisi ekani aytilmoqda.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar