Rossiya dronlari Litva chegarasini ham buzdi
Olam
−
24 Oktabr 4684 2 daqiqa
Rossiya harbiy samolyotlari Litva havo hududini buzdi va xalqaro huquqlarni ham chetlab o‘tdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitanas Nauseda kecha, 23 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan videomurojaatida ma’lum qildi.
“Bu xalqaro huquq va Litvaning hududiy yaxlitligini qo‘pol ravishda buzishdir. Bu qadamlar Yevropa havo mudofaasiga tayyorligini kuchaytirish muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deta ta’kidlagan Prezident.
Shuningdek, Nauseda Litva Tashqi ishlar vazirligi ushbu “ehtiyotsiz va xavfli xatti-harakatlar”ga qarshi norozilik bildirish uchun Rossiya elchixonasi vakillarini chaqirishini aytgan.
“Delfi” nashri Litva armiyasiga tayanib, Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarada joylashgan Kibartay shahri yaqinida soat 18:00 atrofida ikkita Rossiya samolyoti Litva havo hududiga kirganini xabar qilgan.
Voqeadan so‘ng, NATOning Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarilgan. Su-30 va Il-78 samolyotlari Litva hududi ustidan 18 soniya davomida uchib, keyin ortga jo‘nab ketgan. Litva rasmiylari bu Rossiya havo kuchlarining havoda yoqilg‘i quyish mashqlari paytida sodir bo‘lgan deb hisoblamoqda.
NATO samolyotlari chegara buzilgan joy yaqinidagi havo hududini nazorat qilmoqda.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi har doimgidek boshqa davlat hududiga bostirib kirganini rad etgan. Vazirlik 23 oktyabr kuni Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotlari Kaliningrad viloyati ustida rejalashtirilgan o‘quv parvozlarini amalga oshirgani va samolyot o‘z parvoz yo‘nalishidan chetga chiqmasdan, boshqa davlatlar chegaralarini buzmagani haqida bayonot berdi, ammo doimgidek Rossiya bu bayonotga hech qanday faktni ilova qilmadi. Umuman olganda, Rossiya kuchlari bu safar ham vaziyatdan quruq gap bilan chiqib ketmoqchi.
Rossiyaning NATO hududiga kirishi
10 sentyabr kechasi kamida 19 ta Rossiya dronlari Polsha chegarasini kesib o‘tdi, ularning katta qismi Belarusdan kelgan edi. Polsha samolyotlaridan tashqari, dronlarni to‘xtatish uchun boshqa NATO mamlakatlaridan qiruvchi samolyotlar ham joylashtirildi.
Shu bilan birga, Estoniya ommaviy axborot vositalari Estoniya Mudofaa kuchlari bosh shtabi matbuot xizmatiga tayanib, uchta Rossiya MiG-31 qiruvchi samolyoti Finlyandiya ko‘rfazi ustidan Estoniya havo maydonida 12 daqiqa davomida uchib yurgani va havo hududini buzganini xabar qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi ham o‘sha paytda qo‘shni mamlakat chegaralarini buzmaganligini va parvoz yo‘nalishi Vayndlo orolidan 3 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Boltiq dengizining neytral suvlari ustida bo‘lganini aytgan.
Qolaversa, Ukrainaga zarba berishda qo‘llanilgan Rossiya droni 13 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:05 da Ruminiya havo hududiga kirdi. Bu voqea Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzgani va ularni polyak qiruvchi samolyotlari tomonidan urib tushirilganidan keyin ro‘y berdi. Shundan so‘ng, NATO ittifoqchilari Sharqiy qanot mudofaasini kuchaytirishga va’da berdi.
Live
Barchasi