Rossiya dronlari Kiyevga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 22 mart kuni tongda Kiyev yaqinida Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiyaning mazkur harakati Moskva tinchlikdan manfaatdor emasligini ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati poytaxtdan 64 km janubda joylashgan Rjishchiv shahridagi ikkita yotoqxona va o‘quv muassasasi tungi hujumda qisman vayron bo‘lganini ma’lum qilgan.

Viloyat politsiyasi boshlig‘i Andrey Nebitovning aytishicha, tungi soat 3 dan keyin sodir bo‘lgan qator portlashlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi kasalxonaga yetkazilgan va bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Besh qavatli yotoqxona binosining yuqori qavatining katta qismi hujum oqibatida vayron bo‘lgan. 

“Biz dushman yana tinch aholi infratuzilmasiga hujum qilganini va begunoh odamlar halok bo‘lganini ko‘ryapmiz”, degan Nebitov .

U qurbonlardan biri yordamga kelgan tez yordam haydovchisi ekanini qo‘shimcha qilgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati rasmiylarining ma’lum qilishicha, Eronda ishlab chiqarilgan “Shahid” dronlari ishtirok etgani aytilgan hujumlardan keyin Ukraina harbiylari omon qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy Kiev dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing