Rossiya Donetsk yo‘nalishidagi Mayorsk qishlog‘ini nazoratiga oldi
Olam
−
13 noyabr 2022
11228Rossiya tomonidan Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Mayorsk qishlog‘i qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk viloyatining Mayorsk qishlog‘i Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Rossiya Qurolli kuchlari nazoratiga o‘tgan.
“Ukraina harbiylari va texnikasi yo‘q qilindi”, deydi Konashenkov.
Uning qayd etishicha, 60 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bitta bronetransportyor, o‘q-dorilari bo‘lgan ikkita mashina va uchta pikap yo‘q qilingan.
Shuningdek, u Ukraina Qurolli kuchlarining Kupyansk yo‘nalishida ikkita rota-taktik guruhi qo‘shinlari ikki marta Luganskning Novoselovskoye aholi punkti yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari bo‘linmalariga hujum qilishga uringanini aytgan.
“Artilleriya va armiya aviatsiyasining zarbalari natijasida Ukraina bo‘linmalari katta yo‘qotishlarga uchradi va dastlabki pozitsiyalariga qaytarildi”, deydi Mudofaa vazirligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Xersondagi kuchlarini viloyatning Dnepr daryosining chap qirg‘og‘idagi qismiga ko‘chirishni boshladi. 9 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu maxsus harbiy operatsiya zonasidagi qo‘shma guruh qo‘mondoni Sergey Surovikin taklifiga ko‘ra shunday ko‘rsatma bergan edi.
LiveBarchasi