Rossiya dunyoni ochlikdan qutqargan kelishuvdan chiqishini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Sevastopol akvatoriyasidagi teraktdan so‘ng “G‘alla bitimi”dagi ishtirokini to‘xtatadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“29 oktyabr kuni Kiyev rejimi tomonidan Britaniya mutaxassislari ishtirokida Qora dengiz floti kemalari va “don yo‘lagi” xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan fuqarolik kemalariga qarshi amalga oshirilgan terrorchilik harakatini inobatga olib, Rossiya tomoni Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlardagi ishtirokini to‘xtatadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Avvalroq Rossiyaning Sevastopol ko‘rfazidagi Qora dengiz floti kemalariga dronlar yordamida hujum uyushtirildi. Rossiya tomoni barcha dronlar yo‘q qilinganini bildirdi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni Nikolayev viloyatidagi Ochakov shahrida joylashgan britaniyalik mutaxassislar tayyorlayotgan Ukrainaning 73-dengiz operatsiyalari maxsus markazi harbiylari amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va NATO Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.

Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Don shartnomasi Ukrainaning Odessa, Yujniy va Chernomorsk portlarini o‘z ichiga oladi.

Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya avvalroq kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.

Oktyabr oyida Qrim ko‘prigida portlash bo‘lishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don kelishuvi to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. U portlovchi uskuna don yo‘lagi orqali Qrimga olib kelingani tasdiqlansa, shunday qilinishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing