Rossiya don eksportiga keskin cheklov qo‘ymoqda

Olam

image

Rossiya joriy yilning noyabr oyi oxiriga kelib, deyarli 2 yil mobaynida rekord darajaga chiqqan oziq-ovqat inflyatsiyasini sekinlashtirish maqsadida mamlakatdan don eksport qilinishiga qattiq cheklovlar kiritmoqda. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Rossiya Bojxona quyi qo‘mitasi kecha, 29 noyabr kuni 2025 yilning 15 fevralidan 30 iyungacha bo‘lgan muddatga don eksporti uchun 11 million tonna miqdorida kvota belgiladi. Bu bilan 2023 yil (29 million tonna) kvotalar hajmi kelgusi yilda deyarli uch baravar kamayadi. 

Shu bilan birga, xorijga faqat bug‘doy va meslin eksportiga ruxsat beriladi. Eksport kvotasining sezilarli darajada qisqarishi mamlakat ichidagi narxlarni ushlab turishga qaratilgan. 

“Arpa, javdar va makkajo‘xori eksporti uchun kvota 0 tonnani tashkil etadi”, deya aniqlik kiritmoqda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi.

Ma’lumot uchun, 25 noyabr holatiga ko‘ra, Rossiyada oziq-ovqat narxlarining o‘sishi yillik hisobda 10,2 foizga yetdi va 2023 yil yanvaridan buyon rekord o‘rnatdi. Yil boshidan buyon kartoshka 78,4 foizga, karam 30,7 foizga, lavlagi 27 foizga, qo‘y go‘shti 21,9 foizga, smetana 16,4 foizga, sut 15,7 foizga qimmatlashgan. Hukumat Turkiya va Erondan importni tashkil etishga urinishlariga qaramay, sariyog‘ narxining o‘sishi 31,6 foizga tezlashdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRICSʼga a’zo davlatlar rahbarlarining o‘n oltinchi sammitida  mahsulot va xomashyo uchun adolatli va prognoz qilinadigan narx ko‘rsatkichlarini shakllantirish maqsadida Rossiya Prezidenti BRICS don birjasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya cheklov don eksporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing