Rossiya dollar kursini belgilash tartibini o‘zgartiradi
Olam
−
14 mart 2022
42294Rossiya banki (Markaziy banki) dollarning rublga nisbatan rasmiy kursini hisoblashning vaqtinchalik oralig‘ini kengaytiradi, shuningdek, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursini belgilash tartibini soddalashtiradi.
“Rossiya banki valyuta bozorida o‘zgaruvchanlik kuchaygan sharoitda AQSH dollari kursining rublga nisbatan reprezentativligini oshirish maqsadida dollarning rublga nisbatan rasmiy kursini hisoblash vaqtinchalik oralig‘ini kengaytiradi, shuningdek, rublning yevroga nisbatan rasmiy kursini belgilash tartibini soddalashtiradi. Tegishli yo‘riqnoma loyihasi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborildi, hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi”, deyilgan bank xabarida.
Ta’kidlanishicha, dollarning rasmiy kursi Moskva vaqti bilan soat 10:00 dan 16:30 gacha tuzilgan bitimlar bo‘yicha rublga nisbatan o‘rtacha tortilgan almashuv kursiga ko‘ra Moskva birjasi ma’lumotlari asosida belgilanadi. Ilgari hisob-kitob davri Moskva vaqti bilan 10:00-11:30 bo‘lgan.
Qayd etilishicha, stavkani hisoblash vaqtinchalik oralig‘ining kengayishi kun davomida ko‘proq operatsiyalarni hisobga olish imkonini beradi.
“Bundan tashqari, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi boshqa xorijiy valyutalarning rublga nisbatan rasmiy kurslari kabi belgilanadi. Bu rasmiy kurslarni belgilash va e’lon qilish tartibini soddalashtiradi”, deyilgan xabarda.