Rossiya dizel eksporti cheklovini butunlay bekor qilmoqchi emas

Olam

image

Rossiya Energetika vazirligi hozircha dizel yoqilg‘isi eksportiga qaratilgan cheklovlarini butunlay bekor qilmoqchi emas. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Yozgi dizel yoqilg‘isi uchun taqiqni olib tashlash muhokama qilinmoqda. Hozircha qishki dizel yoqilg‘isi uchun cheklovlar amalda", deya qayd etgan Energetika vaziri Nikolay Shulginov.

Ma’lumot o‘rnida, Joriy yilning 21 sentyabridan Rossiya benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritgandi. Taqiq vaqtida ichki yoqilg‘i bozorini to‘ldirish va narxlarni pasaytirish ko‘zda tutilgani aytilgandi. 

Rossiya Energetika vazirligi 17 noyabrdan avtomobil benzini eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Neftni qayta ishlash hajmini saqlab qolish tufayli profitsit hosil bo‘lgan hamda benzin zaxiralari 2 mln tonnaga yetgan.

Shunga qaramay, Rossiya hukumati eksport cheklovlarini zarurat yuzaga kelganda qaytarishni istisno qilmayapti.

O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov esa avvalroq Rossiya tomonidan benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga kiritilgan cheklovlar O‘zbekistonga yetkazib berishga ta’sir qilmaganini va davlatlar o‘rtasida hukumatlararo kelishuv tuzilganini bildirgan. Yil boshida O‘zbekistonga benzin importining aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya eksport dizel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing