Rossiya chuqur turg‘unlikka tayyorlanyapti – “Bloomberg”
Olam
−
07 Sentabr 2022
11956Rossiya uzoqroq va chuqurroq turg‘unlikka duch kelishi mumkin, chunki AQSH va Yevropa sanksiyalari mamlakat iqtisodiyoti uchun yillar davomida tayanib kelgan tarmoqlarga tahdid solmoqda. Bu haqda “Bloomberg” Rossiya hukumati uchun tayyorlangan ichki hisobotga tayanib yozmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan “Rossiyaning iqtisodiy yakkalanishining haqiqiy ta’sirini baholash” maqsadida amaldorlar va ekspertlar bir necha oylar davomida ishlagan hujjat “aniqroq tasvirni”ni namoyish qiladi.
Hisobotda keltirilgan uchta ssenariydan ikkitasi 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning pasayishi tezlashishini va iqtisodiyot faqat o‘n yillik oxirida yoki undan keyin urushdan oldingi darajaga qaytishini ko‘rsatadi. “Odatdagidek biznes” ssenariysi iqtisod kelasi yil pasayishini va 2021 yilga nisbatan 8,3 foizga tushishini nazarda tutadi. “Stress” ssenariysiga ko‘ra, YAIMning maksimal pasayishi 2024 yilda kutilmoqda – o‘tgan yil darajasidan 11,9 foizga past.
Barcha ssenariylarda sanksiyalar bosimi ortib borayotgani va ularga ko‘proq mamlakatlar qo‘shilishi mumkinligi inobatga olingan.
Hukumat hisobotida aytilishicha, Yevropaning Rossiya neft va gazidan keskin chekinishi Kremlning o‘z bozorini oziqlantirish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin.
LiveBarchasi