Rossiya chegarasini kesib o‘tishdagi cheklovlar bekor qilindi

Olam

image

Bugun, 15 iyuldan boshlab pandemiya sababli 2020 yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish bo‘yicha joriy qilingan barcha cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rospotrebnadzor koronavirus cheklovlarini bekor qilgan bo‘lsa-da, Rossiya hukumati tomonidan quruqlikdagi chegaradan mamlakat tashqarisiga chiqishdagi cheklovlar saqlab qolingan.

Shtab Rossiyaga havo orqali kelganda Belarus Respublikasi fuqarolari uchun COVID-19 uchun PZR testi natijalarini taqdim etish talabini bekor qilishga qaror qildi. Boshqa davlatlar uchun bu talab amalda qoldirilgan.

Shu bilan birga, agar COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashsa, cheklov choralari qayta tiklanashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing