Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
Olam
−
31 iyul
7847Rossiya chegarachilari 1992 yildan beri xizmat qilayotgan Yerevandagi “Zvartnots” aeroportini rasman tark etdi. Rossiya chegarachilari xizmati tugashi munosabati bilan havo bandargohida rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tadbirda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Armanistondagi chegara boshqarmasi boshlig‘i Roman Golubitskiy va Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Edgar Hunanyan, Armaniston parlamenti deputatlari, Rossiya elchixonasi vakillari va chegara xizmati faxriylari ishtirok etdi.
Marosim avvalida ikki davlat madhiyalari yangradi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan avvalroq Yerevan Rossiya tomonini 1 avgustdan boshlab “Zvartnots” aeroportida rossiyalik chegarachilar ishtirokisiz mustaqil ravishda chegara nazoratini o‘tkazish qarori haqida xabardor qilganini bildirgandi. Armaniston Rossiya tomonidan chegarachilarni “Zvartnots” aeroporti hududidan olib chiqishni ham so‘ragan.
LiveBarchasi