Rossiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (video)

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning ma’lum qilishicha, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelayotgani, hozir ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Abdulla Aripov Mixail Mishustin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing