Rossiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (video)
Jamiyat
−
09 Sentabr 2024 11568 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning ma’lum qilishicha, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelayotgani, hozir ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr