Rossiya: bortida 20 nafar parashyutchi bo‘lgan samolyot quladi. Qurbonlar bor 

Olam

image

Aeroklubga tegishli L-410 samolyoti Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida halokatga uchradi. Bu haqda TASS mamlakat favqulodda xizmatlariga tayanib, xabar berdi.

“Moskva vaqti bilan soat 09:11 da Menzelinskda aeroklubga tegishli yengil dvigatelli L-410 samolyoti qulab tushdi. Bortda 20 kishi bo‘lgan, ularning aksariyati parashyutchilar edi”, deyiladi xabarda.

TASSga ko‘ra, samolyot bortida 20 kishi bo‘lgan, ularning 19 nafari halokat oqibatida vafot etgan.

“Interfaks” nashrining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 23 kishi bo‘lgan, ularning 7 nafari omon qilgan.  

Qayd etilishicha, samolyot havoga ko‘tarilgach, radarlarda yo‘qolib qolgan hamda uchuvchi bilan aloqa ham uzilgan. Keyinroq, samolyot halokatga uchragani ma’lum bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Rossiyaning Il-112V samolyoti Kubinkadagi o‘quv parvozi vaqtida Moskva viloyati yaqinida qulab tushib, portlab ketgandi. Bundan tashqari, o‘sha oyda Rossiyaning o‘t o‘chiruvchi samolyoti Turkiya o‘rmonlarida chiqqan yong‘inga qarshi kurash vaqtida halokatga uchragandi
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing