Rossiya Bolonya tizimidan chiqmoqchi. U sho‘ro ta’limiga qaytadimi?

Olam

image

Rossiya Yevropaning ilmiy makoniga integratsiya bo‘lmagani uchun Bolonya ta’lim tizimidan chiqishi kerak. Bu haqda Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning jurnalistlarga Mozambik prezidenti Filipe Nyusi bilan uchrashuvdan so‘ng gapirgan. 

“Biz – o‘shanda biz haliyam sodda edik, pushti rangli ko‘zoynak taqib yurganimizda – haqiqatan ham G‘arbni xursand qilishni xohlaganimizda shunday bo‘ldi. Bugun aytishimiz mumkinki, integratsiya, Bolonya jarayoniga qo‘shilish amalga oshmadi. G‘arbning universitetlarimiz, tadqiqot markazlarimizni Yevropa ilmiy makoniga to‘liq integratsiyalashuvi haqidagi barcha va’dalaridan farqli o‘laroq, afsuski, bularning hech biri sodir bo‘lmadi”, deydi Matviyenko.

U so‘zida davom etarkan, Rossiya oliy ta’lim muassasalari diplomlari va ilmiy darajalariga nisbatan kamsitishlar davom etayotganini qo‘shimcha qildi. 

“Bolonya jarayonini tark etish yoki qolish masalasi, menimcha, o‘z o‘rniga ega va o‘zini oqladi. Menimcha, biz chiqishimiz kerak. Ammo bu endi biz hamma narsani yer bilan bitta qilishimiz kerak degani emas – hech qachon. Endi his-tuyg‘ularga berilish va paydo bo‘lgan ba’zi tendensiyalarga javob berish mumkin emas”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Federatsiya Kengashi spikerining fikricha, Rossiyaning Bolonya tizimidan chiqishi mahalliy ta’limni jiddiy isloh qilish bilan birga bo‘lishi kerak. Matviyenko rus ta’limi mazmunini qayta ko‘rib chiqishni "jiddiy tarzda" zarur deb hisoblaydi.  

"Bu yerda shoshqaloqlik noo‘rin. Bizga keng muhokama, ilmiy jamoatchilik, rektorlar jamoasi, ekspertlar bilan muhokama qilish va bosqichma-bosqich harakatlar rejasini ishlab chiqish kerak. Sho‘ro tuzumiga tezda qaytib borib bo‘lmaydi. Bu allaqachon mumkin emas, bu o‘n yilliklar davomida ko‘p narsa o‘zgardi, dunyo o‘zgardi va biz o‘zgarganmiz", deydi Matviyenko. 

Uning qayd etishicha, Rossiya aslida ta’lim tizimida eng yaxshi bo‘lgan hamma narsani yo‘qotgan va Rossiya uchun foydali hech narsa qo‘lga kiritilmagan. 

“Bizning ta’limimiz nima bilan ajralib turdi? Yuqori malakali mutaxassislar. Afsuski, biz uni yo‘qotdik", deydi Matviyenko. 

Ta’lim va fan vazirligi rahbari Valeriy Falkov avvalroq Bolonya ta’lim tizimini "jonli bosqich" deb atagan va Rossiyaning o‘z tizimi bo‘lishini aytgan edi.  30 may kuni vazir o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev departament Bolonya tizimidan milliy tizimga o‘tish davrini nazarda tutayotganini,  tub o‘zgarishlar bo‘lmasligini aytdi.

Bolonya jarayoni

Ma’lumot uchun, Bolonya jarayoni Yevropa davlatlari o‘rtasida oliy ta’lim malakalari standartlari va sifatini solishtirishni ta’minlashga qaratilgan vazirlar darajasidagi bir qator uchrashuvlar va kelishuvlardir. 

Bolonya jarayoni 1999 yilda 29 Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari Bolonya deklaratsiyasini imzolagan Bolonya universiteti nomi bilan atalgan. Bu jarayon Lissabonni tan olish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq Yevropa oliy ta’lim hududini yaratdi. Jarayonning rasmiy boshlanish sanasi Bolonya deklaratsiyasi imzolangan 1999 yil 19 iyun sanasi hisoblanadi. 

Bu jarayon Yevropa Kengashining Yevropa Madaniy Konvensiyasi doirasida boshqa davlatlar uchun ham ochilgan. Bolonya jarayoni doirasidagi hukumat majlislari Praga (2001), Berlin (2003), Bergen (2005), London (2007), Leven (2009), Budapesht-Vena (2010), Buxarest (2012), Yerevanda (2015), Parij (2018) va Rim (2020)da bo‘lib o‘tgan.

Bugungi kunga qadar jarayon Yevropa Kengashining Yevropa madaniyat konvensiyasini (1954) ratifikatsiya qilgan 49 davlatdan 48 ta ishtirokchi davlatni o‘z ichiga oladi. Bolonya jarayoni boshqa davlatlar uchun ham ochiq.

Rossiya Bolonya jarayoniga 2003 yil sentyabr oyida Yevropa ta’lim vazirlarining Berlindagi yig‘ilishida qo‘shildi. 

2005 yilda Ukraina ta’lim vaziri Bergenda Bolonya deklaratsiyasini imzoladi. 

2010 yilda Budapeshtda Qozog‘istonning Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi. 

Qozog‘iston Yevropa ta’lim makonining to‘laqonli a’zosi sifatida tan olingan birinchi Markaziy Osiyo davlatidir. 

Possovet Rossiyasida "Bolonya jarayoni" doirasida amalga oshirilgan ta’lim tizimidagi islohotlar o‘zlarining konseptual asoslari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasida G‘arb mamlakatlaridagi ta’lim tizimlariga o‘xshash ta’lim tizimini qurishga qaratilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Bolon'ya tizimi

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing