Rossiya BMT qarorgohini Nyu-Yorkdan ko‘chirishni taklif qildi
Olam
−
26 aprel 2023 12135 1 daqiqa
Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar departamenti direktori Pyotr Ilichev BMT shtab-kvartirasini Nyu-Yorkdan neytralroq nuqtaga, masalan, Jeneva yoki Venaga ko‘chirishni taklif qildi. Shuningdek, u AQSHni tashkilot shtab-kvartirasi joylashgan davlat maqomi to‘g‘risidagi kelishuvga rioya qilmayotganlikda ayblagan.
Gap shundaki, aprel oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Rossiyaning Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 24-25 aprel kunlari Nyu-Yorkka bordi. Ammo AQSH Lavrovga Nyu-York safarida hamrohlik qiladigan rossiyalik jurnalistlarga viza bermadi. O‘ziga ham uzoq vaqt viza ololmagan Lavrov Rossiya buni unutmasligini aytdi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik tashkilot shtab-kvartirasining joylashuvi to‘g‘risida qaror qabul qilish Bosh kotib vakolatiga kirmasligi, buni BMTga a’zo davlatlar hal qilishi kerakligini aytdi.
“BMT shtab-kvartirasining qayerda joylashishi yoki yig‘ilishlar qayerda o‘tkazilishi masalasi Bosh kotibning emas, balki a’zo davlatlarning qarori”, deydi Guterrishning matbuot kotibi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr